Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining e’tiqodi, kasb mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Haqiqatdan, o’qituvchisiz jamiyat taraqqiyotini, uning kelajagini tasavvur etish qiyin. Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy formasi va negizidir. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasining barcha jarayonlari o’quvchi-talabalarni mustaqil firklashga va mustaqil ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir. Biz o’qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o’quvchi-talabalarga fanlardan chuqur va niustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga ehtiyojni tarbiyalab borishni ko’zda tutishimiz lozim. Dasturda belgilangan bilimlarni o’quvchi-talabalarga yetkazish, ularni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o’qiy olish va ijodiy izlanishga yo’naltirish, ularda o’z fikriy qobiliyatini rivojlantira borish ko’nikmalarini orttira olish uchun o’qituvchilar pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo’ladi. Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri ham har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchi-talabalar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchi-talabalarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot-texnologiya (kompyuter)-lardan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.
Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog’lab, olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan yana biri, barcha didaktik vazifalar, darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchi-talabalarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak. Dars davomida o’qituvchi o’quvchi-talabalarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O’tilgan har bir darsning o’quvchi-talabalar bilan birga tahlil qilib borilishi ham tajribada yaxshi natijalar bermoqda. Darsning tahlil qilinishidan ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchi-talabalar qanday bilimga ega bo’ldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etilishiga yordam beradi. Yuqoridagi darsga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda takomillashgan dastur va darslik asosida mazkur dars ishlanmasining blok chizmasidan yosh o’qituvchilar faoliyati davrida foydalanishlari mumkin.
Innovatsion usulda dars o’tish uchun dars ishlanmasi blok chizmasi umumiy o`rta ta’lim va O’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari uchun
| № | Dars bosqichlari | Vaqt |
| 1. | Tashkiliy qism. | daqiqa |
| 2. | O’rganilgan materiallarni takrorlash. | daqiqa |
| 3. | O’qituvchining o’quvchi-talabalar bilan suhbat asosida yangi mavzuni tushuntirishi. | daqiqa |
| 4. | Guruhlarda ishlash, «Aqliy hujum» asosida yangi mavzuni tahlil qilish. | daqiqa |
| 5. | Guruhlarda ishlashni yakunlash. | daqiqa |
| 6. | Darsni yakunlash. | daqiqa |
| 7. | Uyga beriladigan topshiriqlar. | daqiqa |
- Tashkiliy qismda dars mavzusi va mazmuni haqida axborot beriladi (navbatchi talaba guruh davomati, sana, oy, yil va haftaning qaysi kuni haqida axborot berishi mumkin. Guruh talabalari oldindan 4 yoki 5 kishilik mayda guruhlarga bo’linadi).
- O’tilgan darsni takrorlash uchun beriladigan savollardan o’qituvchi darsning boshlanishida muammoli vaziyatni vujudga keltirish uchun (Savollar slaydlarga yozlishi
mumkin) - Yangi mavzuni tushuntirishda dars suhbat asosida olib borilib, talabalar mavzuni «Aqliy hujim» asosida o’qituvchi bilan birga dars yakunini chiqaradilar.(Bunda har bir talabaga o’zining fikrini bemalol aytish erkinligi beriladi).
- Guruhlarning har birida talabalar «Aqliy hujum» asosida
javob beradilar va boshqalar bilan birga dars yakunini
- Guruhlar o’zlarining fikrlarini yakunlab, muammoni hal qiluvchi xulosani aytadilar.
- Darsni yakunlash bosqichida o’qituvchi guruhlar bergan yozma yoki og’zaki javoblar xulosalarni naqadar to’g’ri-noto’g’riliklarni sharhlab, har bir guruhni rag’batlantirib Uyga topshiriqlar bosqichida berilgan mavzu, masala
- yoki mashq qisman o’qituvchi tomonidan tushuntirilib,
talabalarga yo’nalish beradi.
Quyida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalanib dars o’tish tavsiya etiladi.
I. AN’ANAVIY DARS O’TISH METODLARI
- O’quv mavzusini og’zaki bayon (hikoya) qilish metodi.
- Suhbat (savol-javob) metodi.4. Darslik bilan ishlash metodi.Namoyish qilish — ko’rsatish, sayohat qilish metodi.
- Amaliy mashg’ulotlar (masalalar va laboratoriya ishlarini bajarish) metodi.
- Kollej leksiyasi.
- Dasturli o’qitish metodi.
II. NO AN’ANAVIY DARS O’TISH METODLARI
- Konferensiya darsi.
- Seminar darsi.
- Texnika vositalari yordamida dars o’tish.
- Badiiy o’qish.
- O’ylab top (evrika).
- O’yinchoqlar yordamida dars o’tish.
- Kasbsabog’lab dars o’tish.
- Eksperimental dars o’tish.
- Bahs-munozara darsi.
- Yozma ishlar olish.
- Integratsiya.
- Ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish.
III. UMUMIY O’QITISH METODI
1 .Tushuntirish-namoyish etish metodi.
2.Eslash metodi.
3.Muammoli o’qitish metodi.
4.Taqqoslash metodi.
5.Qisman izlanish metodi.
6.Tadqiqot metodi.
IV.DARSNI TAHLIL QILISH TURLARI
- Ilmiy tahlil.
- Metodik tahlil.
- Didaktik tahlil.
- Umumiy-pedagogik tahlil.
- Umumiy-psixologik tahlil.
- TA’LIM PRINSIPLARI (negizlari)
Ta’lim prinsiplari o’qituvchi faoliyatini va o’quvchining bilim faoliyatini belgilovchi omildir.
Ta’lim prinsiplari quyidagilardan iborat:
- Ta1 limning tarbiyaviyligi.
- Ta’limning ilmiyligi.
- Ta’limning izchilligi.
- Ta’limning tushunarliligi.
- Ta’limning ko’rgazmaliligi.
- Mustahkam bilim prinsipi.
- Ta’limni individuallashtirish (yakka holdagi) prinsipi.
VI. INNOVATSION USULLAR
Innovatsiya — lotincha so’z bo’lib, «yangilikni kiritaman, tadbiq etaman, o’zgartiraman» degan ma’nolarni bildiradi.
1.Modellashtirish.(trenirovka) 2.Namoyish qilish.
3.Kichik guruhlarda ishlash.
4.Aqliy hujum.
5.Tanqidiy tafakkur.
6.Debatlar.
7.Nuqtai nazaring bo’lsin.
8.Har kim har kimga o’rgatadi.
9.Rolli o’yinlar.
lO.Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish.
1 l.Modifikatsiyalangan ma’ruza.
12.O’yinlar.
13.Bingo.
14.Axborot texnologiyalari (kompyuter yordamida).
VII. INSON BILIMINING MANBALARI NIMA?
1. Amaliyot
2. Tasavvur
3. Jonli mushohada Tafakkur
4. Sezgi Amaliyotga tadbiq etish.
5. Idrok
VIII. TALABALAR BILIMINITEKSHIRISH VA BAHOLASH METODLARI
- Savol-javob
- Test
- Qisqa yozma ish
- Mustaqil ish S.Tarqatma materiallar
- Shablonusuli
- Referat yozish
- Yangi mavzudagi interfaollik
- Mashq yozish yoki masala yechish
- Laboratoriya ishini bajarish.
Yuqorida ko’rsatilgan usullardan innovatsion usullar ustida to’xtalib o’tamiz.
O’qituvchi innovatsion usullardan foydalana bilishi va amalga oshira olishi lozim O’qituvchiga qo’yiladigan talablar:
-innovatsion texnologiya tushunchasini, uning mazmun-mohiyatini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash
prinsiplarini bilishi;
-ta’limiy va ishchanlik o’ymlarini bilishi;
-muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
-o’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi;
-talabalarning o’z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
-ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi;
-ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab, namunaviy-imitatsiya o’quv mashg’ulotlarini o’tishi;
-ta’lim-tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va
egallashi kerak;
INNOVATSION USUL TURLARI
- Modellashtirish (trenirovka-mashq qilish)
O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi. Qp ‘llanilishi: -turli vaziyatlarda kerak bo’ladigan ko’nikmalarni qo’llashda;
-oddiy va murakkab mexanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko’nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
-xavfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda boshqarish ko’nikmalarini mustahkamlashda;
-ilgari o’rnatilgan prinsiplarni real hayotiy vaziyatlarda
qo’llashda.
- Namoyish qilish.
Demonstratsiya — «ko’rsataman, isbotlayman» degan ma’noni
anglatadi.
Bu o’qitish usulida o’qituvchi topshiriqni bajarib, talabalarga bu topshiriqni qanday bajarish kerakligini ko’rsatadi. Bu o’qitish usulidan so’ng talabalarga topshiriqni bajarib ko’rish imkonini berish kerak.
Qo’llanilishi:
-topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun;
-muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o’rgatishda; -texnika xavfsizligini o’rgatishda
III. Rolli o’yinlar.
O’qitishning bu usulida talabalar «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo ‘llanilishi:
-yangi turdagi faoliyatini sinash imkonini ko’rsatishda;
-talabalarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga
o’rgatishda;
-talabalar faolligini yanada oshirishda;
- Guruh munozarasi.
O’qitishning bu usuli talabalarning o’zaro muloqoti va fikr almashuviga asoslangan.
Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki saviya ishlab chiqiladi.
Qo llanilishi:
-qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda;
-ma’ruza o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;
-mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;
-muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;
-yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;
-mavzu tushunarliligini baholashda;
-talabalarni kelgusi darsga tayyorlashda;
- Modifikatsiyalangan — shakl o’zgartirilgan ma’ruza.
Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki
nutq orqali talabalarga yetkazadi, formulalar chiqarishda talabalar bilan muloqot olib boradi. Ammo5 an’anaviy ma’ruzadan farqi — o’qituvchi va o’quvchi-talaba orasida muloqot ketadi.
Qo ‘llanilishi;
-talabalarga umumiy axborot berish uchun;
-fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
-qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, rolli o’yin va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin;
-ta’rif, qoida formulalarini masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun;
- Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish.
Bu o’qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. Bu usul kichik guruhlarda o’tkazilib, o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yitkazishni taqozo qiladi.
Qo ‘llanilishi;
-dars mazmuni haqida har tomonlama oVlab so’zlashga
o’rgatishda;
-muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr
yuritishni
shakllantirishda;
-boshqaruv tamoyillarini _namoyon qilishda.
VII. Tanqidiy tafakkur.
Tanqidiy tafakkur uslubi o’qituvchi qo’ygan masala yoki muammoni talaba o’z fikrini bayon qilish, o’zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarani asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslangandir.
Qo ‘llanilishi;
— talaba o’z nuqtai nazarini shakllantirishga yunaltirilgan
holatlarda;
- talabaga o’z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqishi uchun
imkoniyat va fursat berilishida; - o’qituvchi talabalar bilan birgalikda turli nuqtai nazarlarni
muhokama qilish jarayonida;
VIII. Aqliy hujum.
Aqliy hujum — guruhdagi har bir talaba oldiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir kalla yaxshi, yiginna behstasi undan yaxshi» prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo’lib, istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida talabalarning qo’yilgan savol yoki muammoni to’g’ri tushuntirishga imkon beradi. Qo ‘llanilishi:
- savol3 topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni
erkin aytishda; - muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;
- talabalar faoliyatini oshirishda;
- fanga kirish va asosiy mazmunini bilib olishda
- Har kim_har kimga o’rgatadi.
«Har kim har kimga o’rgatadi,, uslubi talabalarga, o’rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o’zlashtirgach ,o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish uslubidir. Bu uslubning maqsadi talabalarga o’qitish jarayonida zarur bo’lgan axborotmaksimumini berish, ayni paytda o’quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg’otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan talaba ma’lum vaqt davomida uni iloji boricha ko’proq o’rtoqlariga yetkazadi.
Qo ‘llanilishi;
-talabalarda axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish uchun ; -axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun ;
-sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun ;
- Debatlar:
Debatlar- o’z nuqtai nazarini asoslashda guruhdagi barcha talabalarning bahslashuvida faol ishtirok etishini ta’minlovchi o’qitish uslubidir. Talaba o’z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs, haqiqatni yuzaga keltirgani bois o’qituvchi guruhini ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi ( guruhlarga bir biriga zid nuqtai nazarlarini aytadi, bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa ,yozma debatlar bo’ladi.
Qo ‘llanilishi:
-bahsda talabalarning faol ishtiroki ta’minlanganda; -muammoni hal bilishda mohirlikka o’rgatishda; -fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda; Demak, yuqoridagilarni tajribada qo’llab, o’rganib, talabalarning ko’nikma, malaka me’yorini quyidagicha belgilash mumkin:
- Nimani o’qidim? (o’qiganda) — 10%
- Nimani eshitdim? (eshitganda) — 20%
- Nimani ko’rdim? (ko’rganda) -30%
- Nimani eshitdim va ko’rdim? -50%
- Muhokama, bahs-munozara -70%
- Shaxsan o’zim bajardim -80%
- Ustoz bilan birga bajardim -90%
- Tematik o’yin. Bu talabalarni hisoblashga o’rgatadi. Katakchalarga shunday sonlar qo’yingki, yig’indisi har
tomonlama 30 soni chiqsin.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion usullarni qo’llab dars o’tilganda, guruhda qoloq, o’zlashtirmaydigan talaba qolmaydi. Deyarli barcha talabalar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. Talabalarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o’rganishlariga imkon yaratiladi.Qiziqarli kvadrat xossalarini aniqlang, (aqliy hujum qiling) davom ettiring.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion usullarni qo’llab dars o’tilganda, guruhda qoloq, o’zlashtirmaydigan talaba qolmaydi. Deyarli barcha talabalar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. Talabalarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o’rganishlariga imkon yaratiladi.
