O’quv-tarbiyaviy ishlar
Yosh avlodni tarbiyalash masalasi doimo mustaqil O’zbekiston davlatining diqqat markazida turadi. Yangilanayotgan jamiyatimizning barcha bosqichlarida: G’oyaviy-siyosiy, ahloqiy-tarbiya nuqtai-nazaridan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish bilan mustaqil O’zbekistonga lozim bo’lgan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash olib borayotgan ishimizning majmuasidir.
Bolalar va yoshlarni tarbiyalashda paydo bo’lgan «Tarbiyaviy ishlar uslubi»: Fani tarbiya fanining chegaralari va jamiyat hayotida sub’ektiv omillarning ta’sir doirasini dastavval maktab chog’laridan ilmiy hamda dunyoviy bilimlar asosida qurish lozimligini tasdiqlanadi.
Tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi «tarbiyaviy ish» tushunchasiga o’xshash bo’lib, bu protsess davomida kishining e’tiqodi, ahloqiy xatti-harakat normalari, iroda va xarakter xususiyatlari, estetik didi, ijtimoiy sifatlari tarkib toptirdi. Agar keng ma’noda tushuniladigan tarbiya borliqni bilish protsessini ham o’z ichiga oladigan bo’lsak, tor ma’nodagi tarbiya faqat munosabat va xulq-atvor sohalarini qamrab oladi. Shu nuqtai-nazardan qarasak biz maktabdagi tarbiyaviy ishlar metodikasini o’rganishda tor ma’nodagi tarbiyaning keng imkoniyatlarini yo’l-yo’riqlarini va uni qanday amalga oshirish metodlari bilan tanishamiz.
Ta’lim va aqliy kamolot bir-birlari bilan uzviy bog’langan ikkita jarayondir. Hamma narsa ta’limni qanday yo’lga qo’yilganligiga bog’liq bo’lib, ta’lim aqliy kamolotni sekinlashtirish yoki tezlashtirish mumkin. Sinf ishlarini asosiy yo’lga qo’yuvchi, o’quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va obro’li o’qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas’uliyati, sinfda o’quv-tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o’quvchilarni har tomonlama kamol topishi to’g’risida, ularni mehnatsevarlik, kollektivizm ruhida tarbiyalash to’g’risida, o’quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash to’g’risida g’amho’rlik qiladi.
Sinf rahbari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, halq maorifi organlari oldida o’ziga topshirilgan sinfda g’oyaviy-siyosiy ishlarni ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat.
O’z sinfida dars berayotgan o’qituvchilar olib borayotgan o’quv tarbiya ishlarining xususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o’zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o’quvchilar hulq-atvori haqida ularga ta’sir ko’rsatish metodlari haqida o’qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf raщbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir.
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o’rganadigan har bir talaba avvalo quyidagilarni yaxshi o’rgangan va har jihatidan puxta o’zlashtirgan bo’lmog’i lozim. Ya’ni tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g’oyalarni, ma’lum maqsadga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo’yiladigan talablar va uni hurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o’quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo’lishini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarni pedagogik kuzatish, darsda turli xil ko’rsatmali qurollarni kuzatishdan tashqari, o’quv protsessida o’quvchilarning darsdan tashqari va=tlarda o’tkaziladigan mustaqil kuzatishlaridan ham foydalaniladi. Bu kuzatishlaridan qisqa muddatli va uzoq davom etadigan kuzatishlar bo’lishi mumkin. Ular o’qituvchi tomonidan tashkil etiladi. O’qituvchi dars vaqtida o’quvchilarga ularning maqsadini tushuntiradi, topshiriqlarni taqsimlaydi va ular bilan birgalikda kuzatish olib borish rejani belgilaydi. Yo’l-yo’riq berish vaqtida kuzatish izchilligiga, kundalik yuritish tartibiga, kerakli materiallar to’plam va ularni ishlash usullariga alohida e’tibor berish kerak. Turli fan o’qituvchilari mustaqil kuzatishlar uchun topshiriqlar beradilar. Masalan, jamiyatshunoslik bo’yicha o’quvchilar mehnat brigadalari a’zolarining mehnati va dam olishi qanday tashkil etilganligini, ommaviy siyosiy kompaniyalarining o’tkazishlari, estetik tarbiya bo’yicha kinofilmlar, teatr postanovkalarni ko’rishlari, badiiy vistavkalarni ko’rishlari, texnikaviy fanlar bo’yicha-korxonadagi ishlab chiqarish protsessini, korxona chiqaradigan mahsulotning, yangi texnikaning halq xo’jaligida va turmushda ishlatilishni kuzatishlari mumkin.
O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rahbarlik qilishda, uning samaradorligini oshirishda direktor o’rinbosarining sinf jurnallari qanday tutilayotganini nazorat qilib borishi katta ahamiyatga ega. Sinf jurnali darsda o’tkaziladigan va uyga berilgan mustaqil va ijodiy ishlar tizimi va ijodiy haqida, maktab kursidagi barcha fanlar bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirishlari haqida, baholarning to’planishi, darslarda o’quvchilar so’ralishining muntazamligi haqida, darslarda o’tilgan o’quv materialining jurnaliga yozish sifati va hokazolar haqida tasavvur berishi mumkin.
Direktor va uning o’rinbosari sinf jurnaliga qarab darslardagi davomat, darsni qoldirgan o’quvchilar bilan ishlash haqida, o’quvchilar tez-tez uy vazifalarini bajarmasliklari haqida fikr yuritishlari mumkin. Suhbat yordamida vijudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o’rnatish, o’quvchilar, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo’shimcha, ma’lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanishi dasturini va birlikdagi pedagogi harakatlar sistemasini ishlab chiqish ota-onalarning tarbiyaviy qiyin bolalar hulqini tuzatish va o’quvchilar o’rtasida munosabatlarda vijudga keladigan kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng ko’lamdagi ta’lim-tarbiya vazifalari hal qilinadi.
Suhbat o’quvchilarning uyida ham, maktabda majlisdan keyin ham, maktabga o’z tashabbuslari bilan sinf rahbari chaqirganligi munosabati bilan kelgan ota-onalar bilan ham o’tkaziladi. Aslida sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilardan har birining ota-onasi bilan suhbat o’tkazishga tayyor bo’lishi kerak. Shunga qaramay, har qanday suhbatning ta’sir etish samaradorligini oshirish uchun tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish yuzasidan eng muhim psixologik-pedagogik talablariga rioya etish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchilar va ota-onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilashini nazarda tutib, bolaning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, uning hulq-atvoridagi eng kichik chetga chiqishlarga ham o’z vaqtida e’tibor berish kerak, bunga sinf rahbari bilan ota-onalarning ishonchli o’zaro munosabatlarini o’rnatgandagina erishiladi, bunday munosabatlarni o’rnatish va chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim.
Suhbat ota-onaga ularning o’g’li yoki qizining yomon hulq-atvori yuzasidan e’tiroz bildirishdan, bunda umuman bola haqida shaxs sifatida noxush fikrlar aytishiga yo’l qo’yishdan boshlanganda, ota-onalar uchun bolalari har qachon yaxshi ekanligi unutilganida, sinf rahbari mutlaqo boshqacha fikr yuritishga duch keladi. Bunday suhbatlar odatda ota-onalar uchun og’ir bo’lib, ularni oshkora dildan suhbatlashishga jalb eta olmaydi.
Mamlakatimiz mustaqilligi jamiyatimizning barcha jabhalarida shu jumladan oila uning iqtisodiy, ma’naviy manfaatlarini himoya qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash oilada sharqona tarbiyani tiklash kabi bir qator muammolarni hal etishga imkon beradi. Mustaqillik o’zligini yo’qotgan insonlarni ya’ni o’z oilasi va farzandlariga befarq bo’lgan ota-onalarni ham insof, mehr-shafqat yo’liga boshladi. Halqda shunday maqol bor: «uy farzand bilan obod, dala odam bilan» Ha, darhaqiqat har bir oilaning bog’boni o’z mevalari bilan obod. Dala insonning oltin qo’llari bilan kundan-kunga asrdan-asrga obodonlashib borsa, uy esa yosh go’dakning kundan-kunga mehr, ta’lim-tarbiya olishi tufayli go’zallashib, gurkirab yashnab boradi. Odamzod dunyoga bir marotaba kelar ekan bu dunyodan yolg’iz o’tib ketishni hohlamaydi, orqasida farzandlarning ta’lim-tarbiyali obro’-e’tiborli bo’lib qolishini istaydi. Shunday ekan ota-onaning farzandga bo’lgan mehru-muhabbati hamma narsadan ham qimmatliroq bo’lsa kerak. Bola qancha sho’xlik qilmasin ota-ona uning erkaliklarini ko’taradi. Ota-ona hamisha o’z farzandi uchun hamma narsaga tayyor turadi. Farzandning voyaga etishga ko’z qorachig’iday asrab unga gard yuqishga qo’ymaydi. Shu bilan birga qo’lidan kelganicha o’z tarbiyasini to’g’ri so’z, vijdonli kamtar, chin do’st, o’zgalarning mulkiga hiyonat qilmaslikka chorlaydi.
