Maktabim faxrim

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 13-son umumiy o`rta ta’lim maktabi haqida

maktab

Mustaqilligimizning bir yillik to`yi munosabati bilan bizga ikki qavatli bino, ya`ni 464 o`quvchiga mo`ljallangan zamonaviy maktab binosi qishlog`imizda yashovchi barcha insonlarga sovg`a qilindi. Maktabga direktor qilib shu qishloqdan chiqqan oliy ma`lumotli ustoz Ulug`bek Matniyozov tayinlandi. Maktab sinf xonalari katta va yorug` bo`lib, biologiya, fizika va kimyo fanlaridan laboratoriya xonalari mavjud. Ana shu yilda, ya`ni 1992-1993-o`quv yilida maktabimizda 30 nafarga yaqin pedogog xodim va ishchi xizmatchilar faoliyat ko`rsatdilar.

Maktabimizda birinchilardan bo`lib boshlang`ich sinflar bo`yicha fan xonalari tashkil qilingan. Ona tili, o`qish, matematika, tabiat, musiqa va tasviriy san`at fanlari bo`yicha boshlang`ich sinflarda fan xonalari belgilanib,shu xonalarni ana shu fanlarga mos holda jihozlashdi. Stendlarni devorga yozish bo`yicha bizning maktabimiz o`qituvchilari birinchilardan bo`lib ish boshlashdi. Ana shu o`quv yili maktabimiz uchun omadli yil bo`ldi. Jumladan, boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan tayyorlangan ko`rgazmali qurollar tumanda birinchi o`rinni oldi va viloyatda qatnashish huquqiga ega bo`ldi.

Viloyatda o`tkazilgan ko`rgazmali qurollar tanlovida esa faxrli 3-o`rinni egallashdi. Yana bir quvonarli tomoni shuki, ana shu o`quv yilida boshlang`ich sinf o`qituvchisi Qilicheva Qurvonbika ustozga «Xalq ta`limi a`lochisi» ko`krak nishoni berildi.

Maktabimiz o`qituvchilarining mashaqqatli mehnati, izlanuvchanligi va o`z ustida tinimsiz izlanishlari tufayli maktabimiz xonalari va koridorlari o`quvchilar yoshiga mos holda jihozlandi. Har bir fan o`qituvchisi o`z qo`li bilan barcha fanlardan reja asosida ko`rgazmali qurollarni oldindan tayyorlab, taxt qilib qo`yishdi.

2001-yilda direktorimiz Ulug`bek Matniyozov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan uning o`rniga shu qishloq o`qituvchisi Gulnora Safarova direktor qilib tayinlandi. Bu vaqt davomida ham bir qancha namunaviy ishlar amalga oshirildi. O`qituvchi va o`quvchilarimiz tuman va viloyatda o`tkaziladigan barcha ko`rik tanlovlarda faol qatnashib, faxrli o`rinlarni egallab keldilar. Jumladan, «Yil maktabi» ko`rik tanlovida 2000-2001-o`quv yili tuman bosqichida 1-o`rinni, viloyat bosqichida esa 2-o`rinni egalladi. 2001-2002-o`quv yilida maktabimiz tumanda 1-o`rinni, viloyatda 3-o`rinni egalladi. 2002-2003-o`quv yili tuman bosqichida 1-o`rinni, viloyatda 4-o`rinni egalladi. 2004-o`quv yilida maktabimizga Gulchehra Sobirova direktor etib tayinlandi. Ana shu davrga kelib barcha sohada ishlar jadal suratda rivojlandi, maktab sohasiga juda ko`p yangiliklar kirib keldi.

Maktabning o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Bakieva Tatyana Xudayberganovna 2001 yil «Xalq ta`limi a`lochisi» ko`krak nishoni oldi. Quvonarli tomoni shundaki, maktabimizning har bir o`qituvchilari har bir ishga, yangiliklarga ijodiy yondoshib, shu yasngiliklarni birinchilardan bo`lib o`rganib o`z ish tajribalarida qo`llay boshladilar.Birinchilardan bo`lib bannerlarda ko`rgazmali qurollar tayyorlashga har bir o`qituvchi jiddiy ko`rishdi va barcha fan xonalari, har bir sinf o`quvchilari yoshiga mos holda bannerlar bilan jihozlandi.Shu vaqtda maktabimizda butun viloyat o`qituvchilarining bir kunlik seminar o`tkazildi. Barcha viloyatning eng ilg`or boshlang`ich sinf o`qituvchilari, malaka oshirish institutining boshlang`ich sinf metodistlari darslarni kuzatishdi, o`quvchilar tomonidan tadbirlarni ko`rishdi va maktab ish hujjatlari bilan yaqindan tanishdilar.Quvonarli tomoni shundaki, maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlar maktabga qilinayotgan barcha ishlarga a`lo baho berib ketishdi.

Mana 2008-yildan buyon maktabimizga ilg`or, izlanuvchan ustoz xalq ta`limi a`lochisi Tatyana Bakiyeva Xudayberganovna rahbarlik qilib kelmoqda. T.Bakiyeva o`zining izlanuvchanligi, tirishqoqligi tufayli maktabning barcha ishlarini qaytadan ko`rib chiqdi va maktab fayelarini hozirgi zamon talabi asosida qayta jihozlashdan boshladi. Butun fan xonalariga o`zgartirishlar kiritdi. Kompyuter xonalarini, kimyo-laboratoriya xonalarini tashkil qildi. O`qish va o`qitish ishlarini yuqori saviyaga ko`tarish maqsadida ota-ona va mahalla hamkorligini yaxshi yo`lga qo`ydi.

Maktabimizning o`qituvchilari tuman va viloyatda o`tkaziladigan barcha ko`rik-tanlovlarda faol qatnashib, yuqori o`rinlarni egallab kelmoqdalar. 2010-2011 o`quv yilida o`tkazilgan «Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi» ko`rik tanlovida mehnat fani o`qituvchisi Yaxshimuradova Gulbahor qatnashib, tumanda faxrli 1-o`rinni, viloyatda ham qatnashib faxrli o`rinni egallab qaytdi. Sport sohasida ham yutuqlarimiz kattadir. 2012-yilda «Umid nihollari» sport musobaqasining qo`l to`pi turidan tuman bosqichida 1-o`rinni olib, viloyatda esa 4-o`rinni olishga muvaffaq bo`lishdi.Shu yili sportning erkin kurash turi bo`yicha maktabimiz o`quvchisi Egamov Sobirjon viloyatda 2-o`rinni egallab, kumush medal sovrindori bo`ldi. 9-sinf o`quvchisi Boltayev Temur «Vatanparvar» sport musobaqasida 2-o`rin bilan kumush medal sohibi bo`ldi. 2013-yilgi «Umid nihollari» sport musobaqalarida 1-4-sinflar o`rtasida sportning «stol tennis» turi bo`yicha 4-sinf o`quvchilari tumanda 2-o`rinni egallab qaytdilar. 5-7-sinflar o`rtasida sportning valeybol turi bo`yicha 2-o`rinni 8-9-sinflar o`rtasida sportning valeybol(o`smirlar) turi bo`yicha maktabimiz o`quvchilar jamoasi 3-o`rinni egallashdi. 2013-yil bo`lib o`tgan «Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi» ko`rik tanlovida kimyo fani o`qituvchisi Quramboyeva Oysha va Informatika fani o`qituvchiisi Pirnafasova Sayyoralar tuman bosqichida faxrli 3-o`rinni egallashdi. Tumanda bo`lib o`tgan «Milliy raqs» ko`rik tanlovida 8-sinf o`quvchisi Otaboyeva Aziza 2-o`rin sohibasi bo`ldi. 2013-yilgi «Erkin kurash» turi bo`yicha 5-sinf o`quvchisi Egamov Sobirjon viloyatda faxrli 2-o`rinni olib, kumush medal sohibi bo`lishga erishdi.

Maktabimizning boshlang`ich sinf o`qituvchilari ish faoliyati tumanda ommolashgan bo`lib, o`quvchilarning o`zlashtirishi, bilimlar bellashuvining natijalariga ko`ra tumanda 1-o`nlikda turadi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Qilicheva Qurvonbika «Xorazm ma`rifati» ro`znomasining jamoatchi muhbiridir. Shu tufayli maktabimiz yutuqlari, o`tkaziladigan tadbirlar va noan`anaviy dars ishlanmalar ana shu gazetada har oyda muntazam chiqib turadi.

Maktab direktori: T.Bakiyeva

MMIBDO`: X.Xajiyev

O`TIBDO`: Z.Polvonova

Elektron pochta: urganch-maktab13@umail.uz

Web-sayt: urgancht13-m.uz

Tel: +99862 35 37 255, +998956063188
Добавить комментарий