Maktabga o’quvchi qabul qilish tartibi
Maktab pedagogik jamoasining ish faoliyati «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Davlat ta’lim standartlari asosida olib boriladi.
Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il — qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar xalq ta’limi bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
1-sinfga bolalar 6,7 yoshdan tibbiy ko’rikdan o‘tkazilgan holda qabul qilinadilar.
6 yoshdagi bolalar 1-sinfga tuman Tashxis Markazi yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Bolani maktabga joylashtirish uchun kerak xujjatlar
1. Maktab direktori nomiga ariza
2. Tibbiy ko’rik daftari
3. Tug’ilganlik xaqidagi guvoxnomaning asl nusxasi
4. 3×4 rasm (6 dona)
5. Yashash joyidan ma’lumotnoma
Bolani maktabga joylashtirish uchun kerak xujjatlar (6 yoshlilar uchun)
1. Xalq ta’limi mudiri nomiga ariza
2. Tibbiy ko’rik daftari
3. Tug’ilganlik xaqidagi guvoxnomaning asl nusxasi
4. 3×4 rasm (6 dona)
5. Yashash joyidan ma’lumotnoma
