Dars ishlanmalarni baholash ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 30 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida eng yaxshi dars ishlanmasi – 2016” ko‘rik-tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 343-sonli buyrug‘iga binoan o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovga ishtirok etish uchun yuborilgan dars ishlanmalarni baholash ishlari davom etmoqda.
   Tanlovga kelib tushgan dars ishlanmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari vakillari tomonidan baholanmoqda.


   Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Tashkiliy qo‘mitaga ((0-371) 239-88-52) va Respublika ta’lim markazi ((0-371) 239-16-02) hamda Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markaziga ((0-371) 202-13-93 ichki raqamlar:101, 500) murojaat etishingiz mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *