Maktabimizda talantli shoira,jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova tavalluduning 90 yilligiga bag’ishlab adabiy kecha tashkil qilindi. Shoira Saida Zunnunova 51 yil umr ko’rgan bo’lsada,u bu yillar davomida qanchadan qancha mashaqqatlarni yengib, ijod qilishdan to’xtamadi, balki bu qiyinchiliklar uni bardoshli va sabrli bo’lishga undadi. U turmush o’rtog’i xalq dushmani sifatida qamalgan kezlarida ham Saida Ahmadning haqligiga uni oqlanib ko’p yillar birga umr kechirishiga ishonib yashadi. Yozuvchilar uyushmasida ham unga eringdan voz kechmasang seni uyushmadan haydaymiz degan do’q po’pisalariga o’zining sof imoni bilan javob qaytara oldi. Saida Zunnunova tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan bugungi tadbirimizni ochiberish uchun so’z navbatini maktabaimiz direktori Bakiyeva Tatyana opaga bersam,marhamat.
——Keyin mehmonlarga so’z navbati.
——————————————————————————
Gullar yuzida handa- bu bog’dan yor o’tdimi,
Odatin qilmay kanda,yana bedor o’tdimi?
Yellar nechun sarsari ketolmaydilar nari,
Ko’nglimning moh paykari ko’zi humor o’tdimi?
Shoira Saida Zunnunova 51 yil umr ko’rib birovga bosh egmadi.Imonini mahkam ushlab,o’ziga gard yuqtirmagan.Olamdan halol va pokiza yashab o’tgan.Laganbardorlik,mute’lik,hasadgo’ylik unga begona bo’lgan.
Kurashsiz,mehnatsiz shodlik,kulgini,
O’g’rik mol deyman,qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar.
Rozimasman birov hadya etsa zar.
Keling navbatni Saida Zunnnova hayoti va ijodiga bersam.
————————————————————————
Shoira Saida Zunnunova baxtiyor yoshlik,ona Vatan,erkin mehnatni tarannum etuvchi she’riy to’plamalari,ishchilar hayoti,muhabbat,oila,eskilik qoidalariga qarshu kurash mavzularni aks ettiruvchi hikoyalar yarata oldi.Ona Vatanga sadoqat,mehnat va baxt,muhabbatni haqgo’ylik bilan kuylagan shoiraning lirik she’rlari,jozibador qo’shiqlari,nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda.Navbatni she’r ko’rinishga bersam
——————————————————————————
Yo’qlamagn har kuning yilcha bo’lurmi,hay-hay,
Shunchalik shavqat bilmas dilcha bo’lurmi,hay-hay.
Kelin navbatni chiroyli raqsga bersak.
———————————————————————
Ne-ne shox satrlar bitilgan bunda,
Ammo ilhom meni qilib qo’ydi tark.
Qo’lga o’rganmagan xurkak ohudek,
Tartib-u stoldan cho’chisa kerak.
AXIR MEN AYOLMAN,BIR UY BEKASI,
SATRLAR YETILSA QOZON BOSHIDA,
QOG’OZGA TUSHADI YARIM KECHASI,
UYQUDA JILMAYGAN QIZIM QOSHIDA.
BIR KUNDA SHUNCHALIK SOG’INCH PAYTLARI,
BIR KUNDA SHUNCHALIK DARD TO’LMISH DILGA,
KOSHKI QANOT BOYLAB SHUNDAY KUNLARI,
ODAMZOT CHIRMASHIB UCHOLSA YELGA
Navbar shiora she’rlariga
———————————————————————-
Eshik tiriqshidan bir chiziq yonib,
Oftob bo’lib kirib yoritar xonam.
Mashinkang chirqillar,to’xtaydi ba’zan,
Bilaman chekyapsan,chekyapsan ulab.
Koshki ochib qo’ysa deb derazani,
Kamroq cheksa-chi, deb bo’laman xunob,
Xonangni tutundan poklash dardida,
Bedor o’tiraman sendan narida
Navabta shoira she’rlariga
—————————————————————————
Ishq darsida meni lol ayladi Laylo tamom,
Ulki ustozlikda tanho,men edim xatsiz avom.
Charx zaylining xama xil shevasidin ochdi soz’,
So’ng dedi: umrimni endi sen o’zing etkur davom.
Bilmadim,bu yo iltifotmi,yo dushmanning ishi,
Neki kuyga solsa soldi meni shu o’tli kalom.
Yo aql soldi boshimga yoki oldi borini,
Ichkizib ashki qo’shilgan bodasidan bitta jom.
Qalb xazinang menga bo’lsin,taqdiringni olmagum,
Ming shukr,yor vaslidan obod uyim har subhi shom.
Pospon bo’lsin Saida bu tiniq dil mulkiga,
Bo’lmasin nopok poyidan pokiza gulzor harom.
Chiroyli raqs
———————————————————————-
“Menga yetib kelmagan xat”
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining elliginchi yillardagi kotibiyat yig’ilishlaridan biri “xalq dushmanining xotini” Saida Zunnunovani uyushma a’zoligida qoldirish yoki qoldirmaslikka bag’ishlandi.Yig’ilishga o’sha paytdagi uyushma rahbari raislik qildi.Raisi Saida Zunnunovani tik turgizib qo’yib so’roq qila boshladi.
———————————————————-
Saida Zunnunova xalq dushmaning xotini deya uyushmadan ketadi.Endi u uchun barcha eshiklar yopiq.Lekin shoira tushkunlikka tushmaydi.u hayot uchun haqiqatni yuzaga chiqarish uchun kurashadi.Og’ir paytlarida u turmush o’rtog’i Said Ahmadga xat yozadi,shu xatlaridan eng dardlisi,ichidagi bor dardini to’kib yozgan xati Said Ahmadga yetib bormaydi,lekin bu xat oradan 44 yil o’tib,uning qoralama nusxasi topiladi.
——————————————————————-
Boshing egib ta’zim ayla,shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan Chaman uchun,
Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt,
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan,kam bo’lmagaysan,
Yerda qolsang oftob bo’lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog’lagaysan??
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylarda suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen,
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?
Tadbir ssenariysini yuklab olish:
