Mahorat maktabi-ta’lim kafolati

SAM_2243Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o’quvchilarning chuqur bilim olishini ta’minlashda o’z fani bo’yicha keng bilimga ega, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, interfaol dars usullarini mukammal o’zlashtirgan, ulardan o’quv-tarbiya jarayonida foydalana oladigan mohir pedagoglarning o’rni katta.Ular safini yanada kengaytirish uchun barcha fan o’quvchilarini zamonaviy innovatsion texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish,pedagogik mahoratini oshirib borish lozim. Bu jarayonda viloyat va tumanlarda tashkil etilgan ”Mahorat maktablari” ning o’rni beqiyosdir. “Mahorat maktabi” faoliyatini tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, XTBning tegishli me’yoriy hujjatlariga amal qilinmoqdi.

Umumiy o’rta va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy –metodik hamkorligi asosida faoliyat yuritadigan “Mahorat maktablari”da seminar –treninglar tashkil qilish va ular monitoringini yuritish bo’yicha yo’riqnomaga asosan:
Mahorat maktabida o’tkaziladigan seminar-treninglarni tashkil etish uchun shart-sharoit yaratildi;
Haftada 4 soatdan darslarni kuzatish va tahlil qilish, o’qituvchilarga amaliy-metodik yordam uyushtirildi;
O’qituvchilarning tashabbus va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlandi.

Maktabimizda “Mahorat maktabi”ning fan o’qituvchilari takomillashtirilgan o’quv dasturlariga tayangan holda murakkab yangi mavzularga doir ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida darslarni olib bormoqdalar. Maktabimizda tashkil etilgan “Mahorat maktabi” chin ma’noda ta’lim kafolatidir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *