Fevral matematika va informatika fan oyligi

aMaktabda fanlarning o’qitilishi samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 18 yanvarda «Umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’grisida»gi 16-sonli buyrug’i yuzasidan maktab buyrug’i chora-tadbir ishlab chiqilib, asosida 2007 yil fevral oyidan boshlab maktabda fan oyliklari reja asosida bajarilib borilmoqda. Maktabda o’tkazilayotgan fan oyliklarining tartib mazmuni va ped kengashlarida e’lon qilingan. Shu tartib bo’yicha xar oyning birinchi kunida burchak tashkil etilgan. Har bir o’tkazilgan fan oyligi uchun tadbir senariysi va hisobotlari tayyorlanib boriladi. Fan oyliklari davomida eng yaxshi dars ishlanmalari, referatlar, ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, ochiq darslar o’tkazildi, yosh o’qituvchilarga uslubiy yordam ko’rsatildi. Fevral matematika va informatika fan oyligi munosabati bilan sinflar o`rtasida tadbir, ochiq darslar o`tkazilmoqda.Fevral oyidagi matematika va informatika fan oyligi juda yaxshi va namunali o`tmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *