O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 30 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida eng yaxshi dars ishlanmasi – 2016” ko‘rik-tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 343-sonli buyrug‘iga binoan o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovga ishtirok etish uchun yuborilgan dars ishlanmalarni baholash ishlari davom etmoqda.
Tanlovga kelib tushgan dars ishlanmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari vakillari tomonidan baholanmoqda.
Читать далее «Dars ishlanmalarni baholash ishlari davom etmoqda»

Maktabimizda talantli shoira,jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova tavalluduning 90 yilligiga bag’ishlab adabiy kecha tashkil qilindi. Shoira Saida Zunnunova 51 yil umr ko’rgan bo’lsada,u bu yillar davomida qanchadan qancha mashaqqatlarni yengib, ijod qilishdan to’xtamadi, balki bu qiyinchiliklar uni bardoshli va sabrli bo’lishga undadi. U turmush o’rtog’i xalq dushmani sifatida qamalgan kezlarida ham Saida Ahmadning haqligiga uni oqlanib ko’p yillar birga umr kechirishiga ishonib yashadi. Yozuvchilar uyushmasida ham unga eringdan voz kechmasang seni uyushmadan haydaymiz degan do’q po’pisalariga o’zining sof imoni bilan javob qaytara oldi. 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o’quvchilarning chuqur bilim olishini ta’minlashda o’z fani bo’yicha keng bilimga ega, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, interfaol dars usullarini mukammal o’zlashtirgan, ulardan o’quv-tarbiya jarayonida foydalana oladigan mohir pedagoglarning o’rni katta.Ular safini yanada kengaytirish uchun barcha fan o’quvchilarini zamonaviy innovatsion texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish,pedagogik mahoratini oshirib borish lozim. Bu jarayonda viloyat va tumanlarda tashkil etilgan ”Mahorat maktablari” ning o’rni beqiyosdir. 
Veb saytlar tayyorlash bilan shug‟ullanadigan odamlar Veb-master (Web-master) deb ataladi. Bu sohadagi mutaxassis kishilar saytni yaratishdan to internetga joylashgacha bo‟lgan jarayondan xabardor bo‟lishi kerak. Aniqroq qilib aytganda, Veb-sayt ochish, uni dizayni ustida ishlash, internetga joylash haqida barcha umumiy ma’lumotlarni bilishi kerak.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim-tarbiya sohasida ulkan odimlarni boshlab berdi. Bu esa har bir pedagog zimmasiga quyidagi asosiy talablarni – ta’lim berish, tarbiyalay olish va ta’lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish, qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirish vazifasini yuklaydi. Yangi asr o‘qituvchisi yuqoridagilarni bajarishi hamda ta‘lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarni shakllantirish xislatlariga ega bo‘lishi kerak.
Maktabda fanlarning o’qitilishi samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 18 yanvarda «Umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’grisida»gi 16-sonli buyrug’i yuzasidan maktab buyrug’i chora-tadbir ishlab chiqilib, asosida 2007 yil fevral oyidan boshlab maktabda fan oyliklari reja asosida bajarilib borilmoqda. Maktabda o’tkazilayotgan fan oyliklarining tartib mazmuni va ped kengashlarida e’lon qilingan. Shu tartib bo’yicha xar oyning birinchi kunida burchak tashkil etilgan.
Ma’lumki, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish masalalari umummilliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Zero, xalqimiz mustahkam oila barpo etish, o`g`il-qizlarini har t omonlama yetuk qilib kamol toptirish, ularning baxtidan quvonishdek ezgu fazilatlarga tayanadi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi, «Ta’lim to`g`risida”gi qonunlar yosh avlodni milliy va